Zamonaviy, ko‘rkam va qulay
Farg‘ona shahar Alisher Navoiy ko‘chasida “Artel” kompaniyasining maishiy texnika mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan savdo majmuasi ish boshladi.
Farg‘ona shahar Alisher Navoiy ko‘chasida “Artel” kompaniyasining maishiy texnika mahsulotlarini sotishga ixtisoslashgan savdo majmuasi ish boshladi.
“Davr” tijorat ishlab chiqarish firmasi sarmoyasi hisobiga qurilgan zamonaviy, ko‘rkam va barcha qulayliklarga ega majmuada yuz turdan ziyod maishiy texnika vositalari sotilmoqda. To‘lovni naqd pul va plastik kartochka orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilganidan aholi mamnun.