Zamonamiz ardoqlaydi, buyuklarni
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi 8-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi hamda boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan “Zamonamiz ardoqlaydi, buyuklarni” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ta’lim maskanida yosh avlodning sifatli bilim olishi uchun zamonaviy sharoit yaratilgan. “Yosh kitobxon”, “Yosh qalamkash”, “Iste’dod” kabi to‘garaklar o‘quvchilarning ma’naviyati, ijodiy qobiliyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Maktabda shoir va yozuvchilar, madaniyat arboblari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
[gallery-5702]
Buyuk ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlab tashkil etilgan bugungi tadbir ham o‘quvchi-yoshlarni boy ma’naviy merosimizni ardoqlashga chorlashi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Mushoira va g‘azalxonlik tarzida o‘tgan tadbirda Navoiy hamda Bobur qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar o‘quvchilar tilidan yangradi.
Tohir ISTATOV, O‘zA