«Zakovat» stipendiyasi kimlarga beriladi?(+VIDEO)
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 21 yanvarda «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.
Mazkur hujjat bilan «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, «Zakovat» o‘yini g‘olib va sovrindorlari endilikda oliy ta’lim muassasalariga imtihon sinovlarisiz o‘qishga qabul qilinishi belgilandi.
Shuningdek, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda «Zakovat» stipendiyasi berilishi ma’lum qilingan.
Biz «Zakovat» va intellektual o‘yinlarga oid qaror asosida yoshlarimizga berilayotgan imkoniyatlarning bajarilish jarayonlari bilan qiziqdik.
Xo‘sh, «Zakovat» o‘yini g‘olib va sovrindorlarining OTMlarga imtihonsiz o‘qishga kirishlari qanday tartibda amalga oshiriladi va bu borada Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga qanday qo‘shimcha vazifalar topshirildi?
«Zakovat» o‘yini g‘olib va sovrindorlariga stipendiyalar ajratilishining talab va tartiblari qanday? Stipendiya qaysi muassasa mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi? Bu borada, aniq va mukammal ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun biz Yoshlar ishlari agentligi Boshqarma boshlig‘i Azimjon Xolmahmatov bilan suhbatlashdik.
<iframe width="950" height="534" src="https://www.youtube.com/embed/5fL6XDacZG4" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Nishonboy Abduvoitov (video) O‘zA