Yuz bilan yuzlashgan nuroniylar duoda
Odatda ayolni bahorga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamizga muattar sepini yoyib kirib kelgan bahorning ilk bayrami Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan boshlanishi ham ramziy ma’no kasb etadi.
Sirdaryo viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘inining o‘rinbosari S.Tavboyev Sayxunobod tumanida bo‘lib, tumanning Farovon mahallasida istiqomat qilayotgan Shakaroy aya Jo‘rayevani 101 yoshi hamda Paxtaobod mahallasida yashovchi Ravshanoy aya Muhamadiyevani 105 bahori bilan viloyat hokimligi nomidan samimiy muborakbod etdi.

Yuz bilan yuzlashgan nuroniy onaxonlarga viloyat hokimining tabriknomasi, sovg‘a va gullar topshirildi. Nuroniylar qo‘llarini duoga ochib, Yaratgandan mamlakatimizdagi barcha islohotlarning asoschisi muhtaram Yurtboshimizga kuch-quvvat, yurtimizga omonlik, xalqimizga sihat-salomatlik, dasturxonimizga qut-baraka so‘rab duolar qilishdi.

Nuroniylarning duolari ko‘nglimizda faxr va shukronalik tuyg‘ularini uyg‘otdi.
G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri