Yurtimizning matonat sohiblari Gruziyada
Bugun, 27 noyabr kuni Gruziya poytaxti Tbilisida para pauerlifting bo‘yicha o‘smirlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati bahslari boshlandi.
Dunyoning 50 dan ortiq davlatlari qatnashayotgan mazkur nufuzli musobaqada mamlakatimizning 11 nafar sportchisi qatnashmoqda.
O‘zbekiston milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatidan xabar qilishlaricha, Tbilisida boshlanayotgan matonat sohiblari bahslarida 2 nafar ayol va 9 nafar o‘g‘il bola sportchilar o‘z vaznlarida chempionlik uchun kurash olib borishadi.
Jahon chempionati musobaqalari 6 dekabr kuniga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA