Yurtimizda 3x3 basketbol ommaviylashtiriladi
Poytaxtimizdagi “Depo Mall” ko‘ngilochar markazida basketbolning 3x3 yo‘nalishi bo‘yicha mamlakat chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, kecha o‘tkazilgan musobaqaning tantanali ochilish marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, basketbol federatsiyasi rahbariyati va muxlislar ishtirok etdi.
Marosimda mutasaddilar, federatsiya mas’ullari va sportchilar davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi natijasida mamlakatimizda yildan-yilga ommaviylashib borayotgan basketbolning 3x3 yo‘nalishida yangi marralar zabt etilishi va buning uchun barcha kerakli sharoitlar yaratib berilayotganligi haqida so‘z yuritdi.
Chempionatda MOQ rahbari ramziy ma’noda to‘pni halqaga tushirib berishi bilan bahslarga start berildi.
Musobaqa bugun va ertaga, ikki kun davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA