Yuksak eʼtiborga “labbay” deb javob beramiz
Bugun mamlakatimizda xotin-qizlarga, jumladan ijodkor ayollarga eʼtibor juda yuqori.
Bugun mamlakatimizda xotin-qizlarga, jumladan ijodkor ayollarga eʼtibor juda yuqori. Jamiyatimizda ayollarning mavqei va faolligini oshirish, ularning ijodiy salohiyati, rahbarlik qobiliyatini yuzaga chiqarish borasida keng koʻlamli ishlar qilinmoqda. Zotan, ayollar jamiyatda hamisha oʻz mehnatsevarligi, topqirligi bilan erkaklarga yelkadosh boʻlib kelgan.
Jamiyat rivoji, Vatan ravnaqi ayollar uchun ayniqsa muhim. Kelajak avlod tarbiyasi, milliy maʼnaviyatimiz, qadriyatlarimizni eʼzozlash, mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida mehnat qilish bizning ruhimizni koʻtaradi, gʻayratimizga gʻayrat qoʻshadi. Shu bois, bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlikka biz hamisha labbay, deb javob beramiz.
Bor salohiyatimiz, iqtidorimizni davlatimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi, farzandlarimizning yorqin kelajagi yoʻlida ishga solamiz va bundan cheksiz baxtiyorlik his etamiz.
Fursatdan foydalanib barcha opa-singillarimizni 8-mart — Xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabriklayman.
Maʼmura ZOHIDOVA,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
oʻquv metodika va harbiy vatanparvarlik
boʻlimi boshligʻi