“Youth Sports Challenge” loyihasi doirasida sport musobaqasi tashkil etildi
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining “Xalq bilan birga” dasturi doirasida “Youth Sports Challenge” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida amalga oshirilayotgan loyiha doirasida o‘smir qizlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi. Unda yoshlar faol ishtirok etib, o‘zlarining sportdagi mahorat va qobiliyatlarini namoyish etdilar.

Musobaqa qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tib, ishtirokchilarda jamoaviylik, hamjihatlik, chaqqonlik va g‘alabaga intilish kabi fazilatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Yoshlar orasida sportni ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan bunday tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri