Yoshlarning huquqiy bilimini oshirish yo‘lida
“Yoshlik” talabalar shaharchasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
“Yoshlik” talabalar shaharchasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.“Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi Q.Shonazarov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol ulg‘ayishi, jamiyatda munosib o‘rin topishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning kasb-hunar egallashi, ezgu orzu-maqsadlarini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etish, milliy hayot tarzimiz, mentalitetimizga zid mafkuraviy g‘oya va tahdidlardan himoyalashga oid qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Davra suhbatida mamlakatimizda yosh avlod istiqboli yo‘lida ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr va e’tibor, O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.