Yoshlarning huquqiy bilimi yuksalmoqda
FOTOREPORTAJ
Termiz shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari tomonidan 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag‘ishlab “Konstitutsiya – adolat mezoni” mavzuida tadbir o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus g‘oyalari hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadiga qaratilgan tadbir yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimini oshirish, ularni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimiz mudofaasining yetuk kadrlarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
[gallery-4989]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA