Yoshlarning ekologik savodxonligi oshirildi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan "Yoshlar, ekologiya va qonunchilik" mavzusida seminar-trening bo‘lib bo‘tdi.
Unda talabalarning ekologik savodxonligini oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash hamda amaldagi qonunchilik haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.

— Mamlakatimizning ertangi ekologik holati bugungi yoshlarimizning atrof-muhitga bo‘lgan munosabati, ulardagi ekologik madaniyatning qanchalik shakllanib borishiga bog‘liq, deydi, — partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Ergash Mohinurxon. — Shu bois yoshlarning ekologik ong va madaniyatini yuksaltirish, ekologiyaga oid qonunlarning mazmun-mohiyati, qoidabuzarliklar uchun ko‘riladigan choralar haqida tushuntirishlar olib bormoqdamiz.

Bu kabi tadbirlar yoshlarda atrof-muhitga nisbatan ehiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini oshiradi.
M.Komilova,
O‘zA