Yoshlarni ish bilan ta’minlash – ustuvor vazifa
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Fanlar akademiyasi axborot xizmati rahbari Gulnoza Sharofova Fanlar akademiyasida “Yoshlar bandligi dasturi” doirasidagi amaliy ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida Fanlar akademiyasi tizimida 35 ta ilmiy tashkilot, jumladan, 4 ta markaz, 3 ta muzey va boshqa yordamchi-xo‘jalik tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.
Yosh olimlarni akademiya tizimida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, doktaranturaga 53 ta, tayanch doktaranturaga 282 ta, maqsadli doktaranturaga 4 ta, maqsadli tayanch doktaranturaga 22 ta, stajyor tadqiqotchilikka 100 ta o‘rin ajratilgan.
N.Rahmonova, O‘zA