“Yoshlarimiz yurt ravnaqiga befarq emas”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham ko‘tarinki kayfiyatda, bayramona davom etmoqda.
Orolbo‘yi aholisining bugungi muhim jarayondagi faolligi ertalabdan boshlandi. Ayniqsa, ertangi kelajagi uchun befarq bo‘lmagan qoraqalpog‘istonlik yoshlar muhim siyosiy jarayonda har qachongidan ham faol ishtirok etmoqda.
Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i, Senator Abat Daniyarov oila a’zolari bilan birgalikda Nukus shahridagi 15-saylov uchastkasida ovoz berdi.
– bugungi muhim siyosiy jarayonda yoshlarimiz o‘zi tanlagan nomzodiga ovoz berar ekan, o‘zlarining kelajagini yaratmoqdalar, – deydi Senator Abat Daniyarov. – Eng quvonarlisi, yoshlarning saylovdagi faol ishtiroki. Bundan ko‘rinib turibdiki yoshlarimiz yurt ravnaqiga befarq emas.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA