Yoshlar yetakchilari faoliyati o‘rganildi
Poytaxtimizda Yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Unda Toshkent shahrida mavjud 87 ta oliy ta’lim muassasasining 600 dan ortiq yoshlar yetakchilari va yo‘nalish koordinatorlari ishtirok etdi.
Seminarda yoshlar bilan ishlashning yangicha yo‘nalishlari, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish borasidagi ishlar natijasi ko‘rib chiqildi hamda ularga zarur tushunchalar berildi.
Seminar ochiq muloqot tarzida davom etib, yoshlar yetakchilari va koordinatorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA