Yoshlar tadbirkorligi himoyada
Yoshlar press-klubida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik kelishuvini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur memorandum yosh tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularning ta’lim olishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida imzolandi. Endilikda bu boradagi sa’y-harakatlar qo‘shma loyihalar asosida yanada jonlanadi.


Tadbir davomida mas’ul rahbarlar yoshlar siyosati, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bilan tizimli ishlarni tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob berdi.
Gulnoza BOBOEVA, O‘zA