Yoshlar sport sammiti oʻz ishini boshladi
Poytaxtimizdagi “Yoshlar press-klubi”da Yoshlar sport sammitiga start berildi. Uch kunlik sammitning dastlabki kuni ochilish marosimi bilan boshlandi.
Poytaxtimizdagi “Yoshlar press-klubi”da Yoshlar sport sammitiga start berildi. Uch kunlik sammitning dastlabki kuni ochilish marosimi bilan boshlandi. Unda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qoshida tashkil etilgan Talabalar sport assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yoshlar oʻrtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida talaba-yoshlarning talab va takliflaridan kelib chiqqan holda oʻtkazilayotgan mazkur Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da boʻlib oʻtmoqda. Eʼtiborli jihati unda yoshlarning sport yoʻnalishida taklif etayotgan eng yaxshi, innovatsion va dolzarb loyihalari har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, hayotga tatbiq etiladi. Sammit quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat olib bormoqda:
—Tokio 2020 hamda 32-yozgi olimpiada oʻyinlariga sportchilarni (pedagogik, jismoniy, biologik, psixologik) tayyorlash;
—Oʻzbekistonda sport turizmini rivojlantirish;
—Innovatsion gʻoya va biznes rejalar;
—Sport jurnalistikasi.
Sammit ishida jismoniy tarbiya va sport, turizm, biznes rejalar hamda sport jurnalistikasini rivojlantirish, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy etishga alohida eʼtibor qaratildi. Anjuman yakunida yoshlardan olingan taklif va tavsiyalar asosida murabbiylar uchun ilmiy-uslubiy qoʻllanma yaratilib, ustuvor va istiqbolli yoʻnalishlar belgilab olinadi.