Yoshlar Senat faoliyati bilan tanishdi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi mas’ul xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari Senatga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.


Memorandumda Yoshlar parlamenti Yoshlar ittifoqi bilan bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik olib borishi belgilab o‘tildi.
Uchrashuvdan so‘ng ishtirokchilar Senat binosi va uning faoliyati bilan tanishib, Yoshlar parlamentining maqsad va vazifalari hamda tashkiliy tuzilmasi haqida atroflicha ma’lumot oldilar.




Gulnoza Boboyeva, O‘zA