«Yoshlar oyligi»da piskentliklar faol qatnashmoqda
FOTOREPORTAJ
Toshkent viloyati Piskent tumanidagi Yoshlar markaziy o‘yingohida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi gala-konsert o‘tkazildi.
[gallery-18081]
«Yoshlar oyligi» munosabati bilan tashkil etilgan bayram tantanalariga hududdagi yigit-qizlar jam bo‘ldi. Ko‘tarinki ruhda boshlangan tadbir davomida Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov yoshlarni bayram bilan tabriklab, barchaga o‘z tilaklarini bildirdi. Shundan so‘ng tumandagi umumta’lim maktablarining 11-sinfini oltin medalga bitirgan yoshlar taqdirlandi. Ularga tuman mas’ullari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Estrada san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturi barchaga manzur bo‘ldi.
Asliddin ALIJONOV(surat),O‘zA