Yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonga muvofiq, 2024 yil 1 martdan boshlab mahalla, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg‘armasi 600 million so‘m miqdorida xorijiy tillar (Ibrat farzandlari”) bo‘yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkaziladi.
Kasblar tanlovida g‘olib bo‘lgan yoshlar Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy hokimliklar tomonidan o‘z hududlarida jihozlangan ustaxonalar bilan ta’minlanadi.
O‘zA