Yoshlar muammosi doimiy eʼtiborda
Shahar hokimi Akbar Shukurov “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” boʻyicha oʻtkazilgan xatlov jarayonlari davomida yoshlarning aniqlangan muammollarini ularning oʻzlari ishtirokida muhokama qildi.
Jizzax shahrida “Hokim va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.
Shahar hokimi Akbar Shukurov “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” boʻyicha oʻtkazilgan xatlov jarayonlari davomida yoshlarning aniqlangan muammollarini ularning oʻzlari ishtirokida muhokama qildi.

Ayni paytda Jizzax shahridagi barcha mahallalarda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ni shakllantirish boʻyicha oʻrganishlar davom etayotir. Bu jarayon davomida hokimning yoshlar bilan uchrashuvidan koʻzlangan maqsad yechimini kutayotgan muammolarni hal etish. Shuning uchun uchrashuvga shahardagi tashkilot va muassasalar masʼullari ham ishtirok etdi.
Uchrashuvning yangicha formatda oʻtkazilgani samarali boʻldi. Yoshlarning aksariyat mummolari shu yerning oʻzida hal etildi.

Jumladan, 2 nafar yoshga sogʻligʻini tiklash va dori darmonlar uchun pul mablagʻi ajratildi. 3 nafar qizga uyda tikuvchilik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun eng soʻngi rusumdagi zamonaviy tikuv mashinalari berildi. Onlayn darslarni oʻzlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan bir talabaga soʻngi rusumdagi noutbuk berildi. Yana bir talabaga zamonaviy smartfon sovgʻa qilinib, shartnoma kontraktining ham 2,5 million soʻmi toʻlab berildi.
Xatlov davom etayotir. Bu jarayonda uchrayotgan yoshlar muammolari hokimlikning alohida tezkor maʼlumotiga kiritilib, birortasi eʼtiborsiz qolmayotir.