Yoshlar muammolari o‘rganildi
Toshkent shahar hokimligi tomonidan qator tashkilotlar bilan birgalikda Chilonzor tumani yoshlarining muammo va takliflarini o‘rganish yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda 150 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining muammo va takliflariga yechim topishdi. Jumladan, vaqtincha ishsiz 2 nafar yoshning bandligi joyida ta’minlandi.
Kasbga va xorijiy tilga qiziquvchi 4 nafar yoshga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan subsidiya ajratilishi belgilandi.


Shuningdek, uchrashuvda oliy ta’lim talabalaridan 2 nafari kontrakt to‘lovi uchun ko‘mak so‘rab murojaat qildi. 1 nafar yoshni 1 oylik safarbarlik chaqiruv rezervi xarajatlari “Yoshlar daftari” mablag‘lari xisobidan qoplab berilishi belgilandi.
Ochiq muloqotda ishtirok etgan barcha yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA