“Yoshlar daftari” – imkoniyatlar daftari(video)
Akbar Jamolov Yakkasaroy tumani Shohijahon mahallasida istiqomat qiladi. Bir necha yillardan buyon turli oshxonalarda oshpaz bo‘lib ishlab kelgan. U ushbu hunarni mukammal o‘rganib kelgan, hozirgi kunda tadbirkorlik faoliyatini boshlagan yoshlardan.
Oilada yagona boquvchi bo‘lgani esa uning yanada ko‘proq mas’uliyat bilan o‘z ishini rivojlantirishiga turtki bo‘ldi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari” orqali tadbirkorlikni boshlashi uchun subsidiya asosida asbob-uskunalar hamda oshxona ochish uchun joy olib berilgan.
Keyinchalik o‘z ishini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit olib, bugungi kunda 5 nafar yoshni ish bilan ta’minladi.
<iframe width="928" height="522" src="https://www.youtube.com/embed/yExxxUGAREs" title="“Yoshlar daftari” – imkoniyatlar daftari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva,
O‘zA