Yoshlar bilan samimiy muloqot qilindi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan hududlarda “Rahbar va yoshlar”, “Uch avlod” uchrashuvlari hamda davra suhbatlari tashkil etildi.
Otaliqqa olingan yoshlar, volontyorlar, uyushgan va uyushmagan yoshlar ishtirok etgan uchrashuvlar davomida rahbarlar o‘z hayot yo‘llari, sinov va tajribalar bilan boyigan faoliyatlari haqida samimiy hikoya qilib, yoshlar bilan chin dildan muloqot qildi.

Ularning har bir so‘zi yoshlar qalbida ilhom uyg‘otib, kelajakka ishonchni mustahkamladi. Shu bilan birga, yoshlarga vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, bilim sari intilish, kasb-hunar egallash hamda jamiyat hayotida faol va mas’uliyatli bo‘lib ishtirok etish zarurligi haqida muhim tavsiyalar berildi.
Tadbirlar yakunida yoshlar o‘z fikr-mulohazalari va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdi. Ochiq muloqot ruhida kechgan uchrashuvlar ularda yangi maqsadlar sari intilish, o‘z ustida ishlash va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagini yanada kuchaytirgani ta’kidlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA