Yosh taekvondochilar Elchi kubogida bellashmoqda
Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha Elchi kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda. Yigirmanchi bor o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada o‘smirlar turli vazn toifalarida o‘zaro raqobatlashadi.
Turnirda mamlakatimizning barcha hududidan kelgan 500 nafarga yaqin taekvondochi g‘oliblik uchun bahslashmoqda.

– Bu kabi musobaqalar yosh sportchilarga o‘zlarini ko‘rsatish va mahoratlarini oshirishga katta yordam beradi, – deydi Olimpiya o‘yinlari va Gran-pri musobaqalari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov. – Men ham bu kabi musobaqalarda ishtirok etganman va tajriba to‘plaganman. Umid qilamanki, mazkur musobaqa ishtirokchilari orasidan ham kelgusida jahon va qit’a chempionlari yetishib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, kubok bahslari 10 sentyabrga qadar davom etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA muxbiri