Yosh tadbirkor yurtga madadkor...
Shuningdek, yigʻilganlarga yangi Soliq kodeksi, kreditning afzalliklari va kredit olish tartiblari toʻgʻrisida ham maʼlumotlarni yoshlarga yetkazdi.
Guliston shahridagi Savdo sanoat palatasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” shiori ostida yoshlar orasida keng targʻib qilish maqsadida yosh tadbirkorlar, biznes trenerlar bilan uchrashuv hamda banklar tomonidan amaliy koʻrgazma seminar tashkil etildi.
Tadbirda viloyat “Markaziy bank” bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Akbar Shoboʻtayev “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi asosida viloyat tijorat banklari tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar toʻgʻrisida batafsil axborot berdi.
Seminar ishtirokchilari viloyat “Hunarmand uyushmasi”, bojxona, adliya boshqarmalari vakillari tomonidan yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish borasidagi chiqishlarini katta qiziqish bilan tingladi.
Shuningdek, yigʻilganlarga yangi Soliq kodeksi, kreditning afzalliklari va kredit olish tartiblari toʻgʻrisida ham maʼlumotlarni yoshlarga yetkazdi.
– Uchrashuvda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashishda muhim omil boʻlayotgani qayd etildi, – deydi Savdo sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Mansur Sherbekov. – Yoshlarda tadbirkorlikka oid bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, ularning bandligini taʼminlash, imtiyozli mikrokreditlar olishida koʻmaklashish, uy mehnati va kasanachilikni, ishlab chiqarishni rivojlantirishda Savdo sanoat palatasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “Mening biznes gʻoyam” va “Yosh tadbirkor – yurtga madadkor” loyihalarining ahamiyati katta.
Tajribali tadbirkorlar oʻz yutuqlari va hozirgi kunda sohaga qaratilayotgan katta eʼtibor toʻgʻrisida fikr-mulohazalarini bildirdi. Mutaxassislar yoshlarga tadbirkorlik faoliyatiga oid qonunlar, biznes-reja tuzish va uni amalga oshirishda bank kreditlaridan foydalanish kabi masalalar yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berdi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldi.