Yosh suzuvchilar mamlakat kubogida bahslashdi
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining suv sporti saroyida suzishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha U11 va U13 yosh toifasidagi sportchilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi.
Musobaqada Toshkent shahri va mamlakatimiz viloyatlaridan kelgan 361 nafar sportchi ishtirokida o‘tgan mazkur musobaqaning U13 yosh toifasidagi 200 metr masofaga batterflyay usulda suzish bahslarida Madina Imomnazarova 2 daqiqa 59.02 soniyada yetib keldi. Ushbu masofaga erkin usulda suzish bellashuvlarida Kseniya Pashinina g‘alaba qozongan bo‘lsa, o‘g‘il bolalar orasida esa Mirziyo Mahmudov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Chalqancha usulda 200 metrga suzishda Imona Ismoilova hamda Mixail Fokin shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. 400 metrga erkin usulda suzishda Imona Ismoilova ikkinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. Yigitlar orasida esa bu yo‘nalishda Samvel Agaxanyan birinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
Mamlakat kubogining U11 yosh toifasidagi 200 metrga erkin usulda suzishda Bernora Davlatova, Shohjahon Yaxshimurodova tengsiz bo‘ldi. Ushbu masofada chalqancha suzishda Mushtariy Abdug‘afforova Roman Petrovin g‘alaba qozondi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA