Yosh suzuvchilar bahsi qizg‘in o‘tdi
Mamlakatimizda o‘smirlar orasida suv sport turlarini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralash va turli yosh toifasidagi terma jamoalar tarkibini yangi iste’dod egalari bilan to‘ldirishga e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda Samarqand viloyatida suzish bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston suzish federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu musobaqada 120 nafar suzuvchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Jumladan, musobaqaning 50 metr masofaga erkin usulda suzish dasturi bo‘yicha qizlar o‘rtasida Farzona Alamova, Tamila Valerjonova hamda Anisa Ilhomova shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, og‘il bolalar orasida Shuhrat Faxriddinov, Muhammadali Abdukarimov va Shohjahon Sayfullayev g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Shuningdek, o‘g‘il bolalar o‘rtasida 50 metrga chalqancha usulda suzishda Jahongir Shermamatov, Daler Hasanov va Muhammadali Abdukarimov kuchli uchlikdan joy oldi.
Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘smirlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA