Yosh qalamkashlarning ijodi “Avtograf” jurnalida
Donetsk shahridagi “Avtograf” jurnalining yangi sonida yosh o‘zbek yozuvchilari — Jasur Kengboyev, Fozil Farhod, Sherzod Komil Xalil, Sherzod Ortiqov, Umid Ali, Temur Tangribergenov hamda adibalar — Muhabbat Yo‘ldosheva, Nodirabegim Ibrohimova, Gulnoz Tojiboyevalarning hikoyalari chop etildi.
Aytish joizki, “Avtograf” jurnali 2010 yildan buyon chop etilib, asosan yosh qalamkashlarning ijod namunalarini o‘z sahifalarida yoritib boradi. Mazkur jurnalda AQSH, Germaniya, Gretsiya, Fransiya, Isroil kabi davlatlar, shuningdek, MDH respublikalari yosh adib va shoirlarining ijodiy ishlari keng yoritilgan. Yoritilayotgan ijod namunalari dramaturgiya, she’riyat, nasr kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamraydi.

Bu kabi adabiy-ma’rifiy hamkorlik mamlakatimiz yosh ijodkorlari faoliyatini xorijda keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
N.Usmonova, O‘zA