Yosh polvonlarimiz jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
Qozon shahrida tatar koreshi bo‘yicha 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Kamoliddin Mahkamov bosh murabbiyligidagi belbog‘li kurash bo‘yicha o‘smirlar terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
O‘smirlar o‘rtasidagi chempionatda 30 ta davlatdan uch yuz nafarga yaqin eng sara yosh polvonlar ishtirok etdi va unda polvonlarimiz 5 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Aniqrog‘i, Abbosbek Ahmadjonov, Ozodbek Abdusattorov, Muhammadqodir Karimjonov, Asadbek Saidakbarov va Eldor Mahmudov o‘z vaznlarida kumush, Izatillo Jumanov hamda Asadbek Abdurahmatov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rinda: Qozon shahri mezbonligida o‘tgan tatar koreshi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz 1 ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA