Yosh og‘ir atletikachimiz Osiyo chempionati sovrindori bo‘ldi
Bugun, 9-avgust kuni o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida davom etayotgan Osiyo chempionatining uchinchi kun bahslari dasturiga muvofiq, kun davomida yigitlar o‘rtasida -65 va -70 kg. vazn toifasining “B” guruhlarida hamda -65 kg. vazn toifasining “A” guruhida, qizlar o‘rtasida -53 kg. vazn toifasining “A” guruhi sportchilari medallar uchun kurash olib boradi.
Kun davomidagi musobaqalarda og‘ir atletikachilarimizdan Diyorbek Odilov va Munisa Odilova O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Kecha o‘tkazilgan chempionat musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga o‘smirlar o‘rtasida -60 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Azizbek Dadajonov navbatdagi medalni taqdim etdi.

Hamyurtimiz siltab ko‘tarish mashqida 134 kg. toshni bo‘ysundirib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, qit’a birinchiligi 14-avgustga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA