Yosh iste’dodlarni kashf etayotgan maskan
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida yosh iste’dodlarga tasviriy san’at, haykaltaroshlik, kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, liboslar dizayneri yo‘nalishlarida saboq beriladi.
Ro‘zi Choriyev nomidagi mazkur maktab-internat dastlab 2003 yilda Sherobod tumanida tashkil etilgan. 2016 yilda mazkur ta’lim dargohi Termiz tumaniga ko‘chirilib, yangidan qurib bitkazilgan 330 o‘rinli o‘quv binosiga va 62 o‘rinli yotoqxonaga ega bo‘ldi.
Shu kunga qadar 323 nafar o‘quvchi maktab-internatini tamomlab, oliy ta’lim muassasalarida, turli san’at dargohlarida hamda mustaqil ijodkor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
[gallery-1598]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA