FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati Kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi hamkorligida “Amir Temur – buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda” mavzuida viloyatdagi Kuch tuzulmalari yosh harbiy xizmatchilari va xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
O‘yinda jami 78 nafar yosh harbiy xizmatchi va xodim 13 ta jamoa tarkibida o‘zaro bellashdi.
[gallery-22728]
Intellektual o‘yini yosh harbiy xizmatchi va xodimlarning zukkolik, tezkorlik, yuqori bilim va salohiyatini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, viloyat qo‘riqlash boshqarmasi birinchi, Bojxona va Ichki ishlar boshqarmalari jamoasi keyingi o‘rinlarni egalladi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA