Yosh dzyudochilar Chirchiqda bellashdi
Chirchiqda dzyudo bo‘yicha 2007-2008 hamda 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida Aziz Saitov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Yaman davlatining 350 nafarga yaqin yosh sportchilari ishtirok etdi.
Murosasiz bellashuvlar natijasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Xurshid Burxonov (Samarqand), Eldor Sharipov (Samarqand), Najmiddin Davlatov (Tojikiston), Muhammad Ergashev ( Farg‘ona), Inomjon Bahodirov (Toshkent sh.), Botir Yo‘ldoshev (Toshkent sh.), Ubaydullo Botirov (Toshkent sh.) g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.

Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda xorazmlik Kumushbibi Ergasheva, qashqadaryolik Nargiza Do‘smatova, xorazmlik Shahrizoda Romanova, xorazmlik Zuhra Umarova, qashqadaryolik Gulasal Obloqulova, Umida Nigmatova birinchi o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlar turnir tashkilotchilari tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA