Yo‘rg‘a tuvaloq tabiatga qo‘yib yuborildi
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ “Pistali” koni hududiga kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloq qushi tabiatga qo‘yib yuborildi.
Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, kon ishchilari tomonidan boshqarmaga telefon orqali ma’lum qilingach, davlat inspektorlari ishtirokida tezkor guruh tuzilgan.

Boshqarmaning Bioxilmaxillikni asrash, raqamlashtirish, kadastrini yuritish va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari hamda “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” nodavlat notijorat tashkiloti xodimlari hamkorligida bir dona yo‘rg‘a tuvaloq qushi korxona ishchi-xodimlaridan dalolatnoma asosida qabul qilib olingan va tabiatga uchirib yuborilgan.
A.Bo‘riyev, O‘zA