Yo‘lovchilar norozi bo‘lmasin
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Sarkop” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Sh.V. davolanish uchun Toshkentga ketayotgan onasi uchun tuman avtovokzalidan “Beruniy – Toshkent” yo‘nalishidagi avtobusga 243 ming so‘mga chipta sotib olgan.
Biroq, avtobusga chiqish vaqtida va’da qilingan qulayliklar ya’ni, avtobusning old qatoridan deb bergan chipta oxirgi o‘rindiq bo‘lib chiqdi.
Davolanish uchun ketayotgan onaxon avtobusning oxirgi o‘rindiqda o‘tirib bora olmasligini tushuntirgan. U chipta pullarini qaytarishni yoki va’da qilingan qulayliklari bor boshqa avtobusning old qatoridan joy topib berishni talab qilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Beruniy tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi. Jamoatchilikning aralashuvi bilan masala o‘sha vaqtning o‘zida joyida hal etildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri