Yo‘lovchi tashish korxonalari rahbarlari ogohlantirildi
Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov raisligida shahardagi yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari faoliyatini tartibga solish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat Transport boshqarmasi, Olmaliq shahar prokuratura, davlat soliq inspeksiyasi, IIB YHXB, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi transport korxonalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, shaharda transport xizmati hamda yo‘lkira narxining asossiz oshirilganidan norozi bo‘lib, murojaat qiluvchi fuqarolar soni keskin oshib ketgan. Bunday holatning oldini olish, yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish yuzasidan qat’iy nazorat tadbirlari va ta’sir choralari qo‘llanilyapti.
Tadbir mobaynida shahar prokuraturasi vakili, IIB YHXB, DSI rahbarlarining hamda viloyat Transport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining kun tartibidagi masala bo‘yicha axborotlari eshitilib, yo‘lovchi tashuvchi korxonalarning barcha rahbarlariga qat’iy ogohlantirish berildi.