Yo‘lda qonun kim tomonda? huquq, majburiyat, javobgarlik
Yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchi qachon jarimadan ozod etilishi mumkin? Jarima ballari nima uchun joriy qilindi? YHXX xodimining qaroridan norozi bo‘lgan haydovchi qayerga murojaat qilishi kerak?
Bu va boshqa dolzarb savollarga O‘zA studiyasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshev bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda javob izladik.
Suhbat davomida jarima ballari tizimi, haydovchi va YHXX xodimlarining huquq hamda majburiyatlari, avtomobillarni jarima maydoniga olib ketish tartibi, skuter va mopedlar bilan bog‘liq avariyalar, yo‘l infratuzilmasidagi muammolar hamda piyodalar xavfsizligi haqida so‘z yuritildi.
Nozimbek Mardonov, O.Davronov,
I.Ismatov, O‘zA