O‘zA — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi an’anaviy “YIL TANLOVI”ni boshladi.
Agentlik joriy 2020 yilda ommaviy axborot vositalarida eng faol yoritilgan, tizim faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni namoyon etgan, xalq bilan ishlashda samarali natijalarga erishgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari o‘rtasida an’anaviy tanlovining II bosqichi boshlangan.
Tanlov ijtimoiy so‘rov hamda jurnalist va blogerlarning e’tirofi asosida “Eng namunali hudud”, “Eng namunali vazirlik”, “Eng namunali davlat va jamoat tashkiloti” kabi nominatsiyalar bo‘yicha saralanadi. Joriy yildan boshlab tanlovdan
“Eng namunali tuman” nominatsiyasi ham o‘rin oldi. Shuningdek, qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar ham joriy etiladi.
KIMLAR QATNASHA OLADI?
Mazkur tanlovga ayni paytda OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda faoliyati keng yoritilayotgan, xalqning kundalik turmushida ko‘p bora duch keladigan, jamoatchilik tomonidan e’tirof etilayotgan tizimlar saralab olinadi.
1. Vazirlik, qo‘mita, uyushma va agentliklar
2. Jamoat tashkilotlari
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar
4. Barcha viloyat va shahar tumanlari
TANLOVDA QANDAY ISHTIROK ETISH MUMKIN?
O‘zA — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tanlov ishtirokchilari ro‘yxati www.uza.uz sayti hamda agentlikning rasmiy telegram kanalida e’lon qilib boriladi. Shuningdek, jamoatchilik tomonidan O‘zA telegram mesendjeridagi rasmiy kanali “t.me/uza_uz”da e’lon qilingan ro‘yxatda ko‘rsatilgan tashkilotlarga ovoz beriladi.
TANLOV QANDAY O‘TADI?
Tanlov 3 bosqichda bo‘lib o‘tadi.
Jamoatchilik so‘rovnomasi hamda jurnalist va blogerlar tanlovi asosida
I bosqich:
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarning barcha tumanlari o‘rtasida saralanib, har bir hududdan so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plagan 2 ta tuman keyingi bosqichga chiqadi.
Bunda jamoatchilik so‘rovnomasi asosida to‘plagan ovozlar hamda har bir hududdan tanlab olingan jurnalist va blogerlarning “Eng yaxshi tuman” deb e’tirof etgan tanlovi muhim o‘rin egallaydi.
II bosqich:
— Vazirlik, qo‘mita, uyushma, agentlik, jamoat tashkilotlari va banklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar qatnashadi. Shuningdek, birinchi bosqichga chiqqan tumanlar ishtirok etadi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan tashkilotlar uchinchi bosqichga o‘tadi.
III bosqich:
— Asosiy bosqich bo‘lib birinchi va ikkinchi bosqich g‘oliblarining eng munosiblari kurashadi ular jurnalist va blogerlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma asosida aniqlanadi.
NATIJALAR QACHON E’LON QILINADI?
Yangi yil arafasida eng kuchli oltita tizim, ya’ni bitta birinchi o‘rin, ikkita ikkinchi o‘rin, uchta uchinchi o‘rin, shuningdek, qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar g‘oliblari e’lon qilinadi. Barcha sovrindorlar maxsus sertifikat, O‘zA ramziy statuetkasi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
***
«YIL TANLOVI — 2020!»
2020 yilda qaysi hudud yoki qaysi davlat va jamoat tashkilotining faoliyati sizni qoniqtirdi?
Sizning-cha, joriy 2020 yil faoliyatini ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida olib borgan davlat yoki jamoat tashkiloti qaysi?
Aholini tom ma’noda rozi qilgan, xalqqa haqiqiy ko‘makchi bo‘lgan tizim, deb qaysi tashkilotni e’tirof etasiz?..
“Yil tanlovi”ni siz aniqlab bering?..
Ovoz bering va kuzatib boring!
1. "2020 yilning ENG NAMUNALI VAZIRLIGI!"
2. “2020 yilning ENG NAMUNALI DAVLAT VA JAMOAT TASHKILOTI”
3. “2020 yilda ENG YAXSHI ISHLAGAN BANK TIZIMI”
4. “2020 yilning ENG YeTAKCHI PARTIYASI”
«Yil tanlovi — 2020» tashkiliy qo‘mitasi — homiylik va hamkorlik qilish istagidagi tadbirkor ham tashkilotlarni taklif etadi.
Telegram: @UzA_pochta
E-mail: uzauz@yandex.ru
Telefon: 71) 233-42-84, (71) 233-21-37
<iframe width="949" height="534" src="https://www.youtube.com/embed/gxIWkyoHFdE" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>