Yigitlar harbiy xizmatga kuzatildi
Namangan viloyat mudofaa ishlari boshqarmasida joriy yilgi chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, faxriylar va chaqiriluvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
– Joriy yildan chaqiruv yoshidagi yigitlarimizga qulay sharoitlar yaratish maqsadida muddatli harbiy xizmatga chaqirishni mart-aprel oylarida o‘tkazish tartibi joriy etildi, – dedi tadbirda so‘zga chiqqan viloyat rahbari Sh. Abdurazzoqov. – Bu harbiy sohadagi islohotlarning uzviy davom etayotganidan dalolatdir.
Chaqiriluvchilarga viloyat hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Harbiy orkestr sadolari ostida yigitlar tegishli manzil sari tantanali kuzatib qo‘yildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA