YeXHT DIIHB rahbari bilan muzokara to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Varshava shahrida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (YeXHT DIIHB) direktori Matteo Mekachchi bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va YeXHT DIIHB o‘rtasidagi sheriklik masalasi bo‘yicha fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, YeXHT tuzilmalari, shu jumladan, inson huquqlarini, demokratik institutlarni mustahkamlash va himoya qilish, saylov jarayonini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Suhbat davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘tarildi.