Yevropa Ittifoqi yangi vakolatxonasini ochmoqchi
Hozir Yevrokomissiyaning Britaniyadagi ofisi Londonda – Buyuk Britaniya parlamentidan uzoq boʻlmagan yerda joylashgan. Yevropa ittifoqining yangi vakolatxonasi qayerda boʻlishi esa nomaʼlum.
Yevropa Ittifoqi Brexitdan keyin Londonda oʻzining yangi diplomatik vakolatxonasini ochmoqchi. “VVS” xabar berishicha, yangi diplomatik vakolatxona rasman “delegatsiya” deyilib, u Yevropa tashqi siyosatining muhim qismi sanaladi va unda 29 shtat birligi boʻladi. Bundan tashqari, Yevropa ittifoqidan chiqishga oid bitim tuzilgudek boʻlsa, xuddi shunday muassasa Belfastda ham tuziladi va Shotlandiya hamda Uelsdagi hozirgi konsulliklar tugatiladi.
Hozir Yevrokomissiyaning Britaniyadagi ofisi Londonda – Buyuk Britaniya parlamentidan uzoq boʻlmagan yerda joylashgan. Yevropa ittifoqining yangi vakolatxonasi qayerda boʻlishi esa nomaʼlum.