Yevroittifoqdagi eng baxtsiz mamlakat ma’lum qilindi
Bolgariya qatorasiga ikkinchi bor Yevroittifoqning eng baxtsiz mamlakati sifatida tan olindi, deb xabar tarqatdi “Independent” nashri Yevrostat ma’lumotiga tayanib.
“Bolgariya – hayotdan qoniqish indeksi bo‘yicha o‘n balldan 5,6 ball olgan yagona mamlakat bo‘ldi”, deyiladi maqolada.
Eng baxtli mamlakatlar ro‘yxatini 7,9 ballli Avstriya boshqarmoqda. Polsha, Finlyandiya va Ruminiya 7,7 ball bilan ikkinchi o‘rinni bo‘lishgan. Germaniya esa bu yil 6,5 ball olib, baxtsiz mamlakatlar safiga tushib qoldi. Ekspertlar buni GFRda kuzatilayotgan iqtisodiy turg‘unlik va migratsiya inqirozi bilan bog‘lamoqda.
Hayotdan qoniqish ko‘rsatkichi ta’lim darajasi, oilaviy va moliyaviy barqarorlik, dam olish, ijtimoiy hayotdagi ishtirok va boshqa omillar yordamida aniqlanadi.