Yermak iste’fosidan so‘ng uning maslahatchilari ham ishdan bo‘shatildi
Ukraina prezidenti idorasi rahbari Andrey Yermak iste’fosidan keyin uning barcha maslahatchilari lavozimlaridan ozod etildi, deb xabar bermoqda “DW” nashri.
Hozircha ishdan bo‘shatilgan xodimlarning to‘liq ro‘yxati ochiqlanmagan. Biroq o‘zgarishlar asosan, Yermakning eng yaqin odamlari doirasida amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: joriy yilning 28 noyabr kuni Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy o‘z videomurojaatida Andrey Yermak iste’fosini rasman tasdiqlab, prezident idorasida boshqaruv tizimi qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidlagan edi.
D.Hakimov, O‘zA