Yengil sanoat rivojiga bag‘ishlandi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida “Mamlakatimizda yengil sanoat sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida “Mamlakatimizda yengil sanoat sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi o‘rinbosari J.Safoyev, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori S.Yunusov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida yengil sanoat tarmog‘ini modernizatsiya qilish, tizimdagi korxonalarni texnik va texnologik yangilash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Sohaga tatbiq etilayotgan loyihalar to‘qimachilik korxonalarni ko‘paytirish, ularni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash, pirovardida sifatli kiyim-kechaklar ishlab chiqarish hajmini yanada oshirish imkonini berayotir.
Davra suhbatida mamlakatimizda to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida zarur huquqiy asoslarning yaratilgani erishilayotgan natijalarda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi. Tadbirkorlik subyektlari uchun berilgan soliq, bojxona imtiyozlari, imtiyozli subsidiyalar va boshqa shakldagi rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar sohaning jadal rivojlanishiga xizmat qilayotir.
Tadbirda yengil sanoat va to‘qimachilik sohasida fan va ishlab chiqarishning hamkorligi samaralari, sohaga oid huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.