Yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini ta’minlash va boshqarish tizimini takomillashtirish
Yulduz Sunatullayevna AXMEDOVA mustaqil izlanuvchi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toshkent, O‘zbekiston e-mail: axmedovayulduz1981@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish, korxonalar raqobatbardoshligi bo‘yicha turli iqtisodchi olimlarning yondashuvlari tahlil qilingan bo‘lib, korxonaning raqobatbardoshligini faqat bir xil sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar guruhi ichida ham baholash tizimi hamda korxona raqobatbardoshligiga ta’sir etuvchi omillar keltirilgan. Shuningdek, korxonaning raqobatbardoshligini baholashda qiyosiy taqqoslash mezonlarini to‘g‘ri tanlash zarurligi ko‘rsatilgan hamda yengil sanoat korxonalari raqobatbardoshligini boshqarish tizimi bo‘yicha xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Tayanch so‘zlar: korxona raqobatbardoshligi, raqobatbardoshlikni boshqarish, korxonalarni raqobatbardoshligini ta’minlash strategiyasi, raqobatbardoshlikni boshqarish tizimi, raqobatbardoshlikni baholash mezonlari, korxona salohiyati va tamoyillari.