Yengil atletikachilarimizdan ikkita medal
XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkita medalni qo‘lga kiritdi.
Incheon. O‘zA maxsus muxbiri Mehribon Mametova xabar qiladi.
XVII yozgi Osiyo o‘yinlarida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ikkita medalni qo‘lga kiritdi.
Ettikurash bellashuvlarida yosh sportchimiz Yekaterina Voronina oltin medalga sazovor bo‘ldi. Musobaqaning birinchi kunida u 100 metrga yugurish, balandlikka sakrash, yadro uloqtirish va 200 metrga yugurish bahslarida eng yaxshi natijalar qayd etib, peshqadamlikni qo‘lga oldi. Musobaqaning ikkinchi kunida sportchimiz uzunlikka sakrash, nayza uloqtirish va 800 metrga yugurish bo‘yicha ham tengsiz ekanini namoyish etdi.
Yana bir sportchimiz Yuliya Tarasova yengil atletika bo‘yicha ikki kunlik musobaqani muvaffaqiyatli yakunlab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.