Yelixon “Aqlli mahalla” bo‘ladi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi Yelixon mahallasi viloyatdagi birinchi “Aqlli mahalla”ga aylanmoqda. Ushbu tashabbus “Hududgaz ta’minot” AJ tomonidan amalga oshirilayotir. Loyiha doirasida mahallada gaz ta’minoti tizimi tubdan yangilanib, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil qilinadi.
Har bir xonadonga zamonaviy gaz regulyatorlari va energiya tejamkor gaz jihozlari o‘rnatiladi. Mahallaning kirish qismida umumiy gaz hisoblagichlar joylashtiriladi va barcha ko‘chalarda zamonaviy nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu choralar gaz ta’minotining xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun sarf-xarajatlarni qisqartirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
[gallery-21321]
Loyiha doirasida mahalladagi 468 xonadon ikki bosqichli gaz ta’minoti tizimiga o‘tkaziladi. Bu yangi tizim gaz ta’minotidagi uzilishlarni kamaytiradi, xavfsizlik darajasini oshiradi va gazni tejab sarflash imkonini yaratadi.
Ushbu “Aqlli mahalla” loyihasi viloyatning barcha shahar va tumanlarida bosqichma-bosqich joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA