Yekaterina Shubina chorak finalga yo‘l oldi
Fransiya poytaxtida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining baydarkada eshkak eshish bo‘yicha yakkalik bahslarida saralash bosqichi boshlandi.
Unda mamlakatimiz sharafini Yekaterina Shubina va Shahriyor Mahkamov himoya qilmoqda.
Ayollar o‘rtasidagi 500 metr masofaga baydarkada eshkak eshish saralash bellashuvlarida Yekaterina Shubina o‘z guruhida 1:58.37 natija bilan marraga yetib keldi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, bir soatlardan so‘ng baydarkada eshkak eshish bo‘yicha Shahriyor Mahkamov 1000 metr masofada o‘tadigan saralash bahslarida ishtirok etadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA