“Yedu market” interfaol-virtual taʼlim dasturining vazifasi qanday?
Poytaxtimizdagi Inha universitetida “Edu Market” interfaol-virtual taʼlim dasturining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Poytaxtimizdagi Inha universitetida “Edu Market” interfaol-virtual taʼlim dasturining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Mazkur platforma “Game Zale” kompaniyasi tomonidan yaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan tatbiq qilingan.
Platforma zamonaviy texnologiyalar dunyosida bolalarning rivojlanish mashqlari shaklida (yoshga qarab sinflarni tanlash orqali) teng imkoniyatlarni taʼminlash, IT koʻnikmalar hamda diqqat, xotira va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan.
Ushbu platforma taʼlim faoliyatida yangi usul va uslublarni yaratib, uning sifatini oshirish uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Shubhasiz, bu oʻqituvchining oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida oʻz ustida ishlash lozimligini talab qilib, oʻquvchilarning bilim faolligini oshiradi. Oʻquv jarayonini yana-da yorqinroq va qiziqarli qiladi. Hozirgi kunga kelib, platformaning demo-versiyasi Toshkent shahridagi 94-umumtaʼlim maktabida boshlangʻich sinf oʻquvchilari orasida sinovdan oʻtkazildi. “Edu Market” bolalarning taʼlimga qiziqishini oshirishda samarali oʻqitish vositasi boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
Platformaning tarkibiy qismlariga virtual maktab, virtual kutubxona, onlayn oʻqitish tizimi, oʻquvchilarning onlayn oʻzlashtirish statistikasi, oʻquv mashgʻulotlarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun oʻquvchilarni ragʻbatlantirish tizimi va boshqalar kiradi.