“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda
FOTOREPORTAJ
Qarshi shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi ko‘chat ekish mavsumida hozirga qadar obodonlashtirish boshqarmasi, shahardagi mahallalar, tashkilot va korxonalar, muassasalar tomonidan hamda aholi xonadonlariga 470 mingdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
[gallery-16798]
Shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shaharning Islom Karimov, Mustaqillik, Alisher Navoiy, Amir Temur, Nasaf, Buyuk Turon, Jayhun ko‘chalari, Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘i, Vatanparvarlar bog‘i, Qashqadaryo sohili, Odina xiyoboniga 30 mingdan ortiq pavlovniya, qayrag‘och, sharq tuyasi, shumtol, terak, klyon kabi manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi. Bundan tashqari, Islom Karimov va Mustaqillik shoh ko‘chalari, istirohat bog‘lari va xiyobonlarga 100 ming dona atirgul ko‘chati ekildi.
Jamshid NORQOBILOV(surat),O‘zA